3 6 9 месяц 100 000 сум Производство
🦷 3 | 6 | 9 месяц
💵 100.000
сум.
🇹🇷 Производство Турция.

📞 +998900002008.
📲 👉Заказать👈

👉 @asadulloh_kids
3 6 9 месяц 100 000 сум Производство
🦷 3 | 6 | 9 месяц
💵 100.000
сум.
🇹🇷 Производство Турция.

📞 +998900002008.
📲 👉Заказать👈

👉 @asadulloh_kids
Asadulloh kids pinned https vm tiktok com ZSJVgcx1D
Asadulloh kids pinned «https://vm.tiktok.com/ZSJVgcx1D/»
Musofir dunyosi Hazillashib ham yolg 39 on gapirmang
#Musofir_dunyosi

"Hazillashib ham, yolg'on gapirmang"

Hozirgi kunda oʻzaro suhbatlar orasida gaplariga yolgʻon qoʻshib yuborish oddiy holga aylangan. Afsus... Sizga arzimas koʻrinsa-da, aytadigan maʼlumotlaringizga yolgʻon qoʻshib, sherigingizga yetkazmang. Bu gunoh!
Rasululloh sollallohu alayhi vassalam: “Hatto hazil oʻrnida ham yolgʻonni tark etmagunicha banda komil iymon keltirgan boʻlmaydi”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

__

"Suhbatlarda, u xoh sizga begona boʻlsin, xoh yaqin boʻlsin, bir inson haqida tuhmat gap (xabar) eshitsangiz, jim turmang!"

Gapga nuqta qoʻying. Tuhmat sabab qanchadan-qancha xonadonlar vayron boʻlgan, doʻstlik iplari uzilgan.
Bu xususda Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis ham rivoyat qilingan: “Kimki Allohga va qiyomat kuniga ishonsa, tuhmat paydo boʻladigan oʻrinlarga tushib, oʻzini fitnaga solmasin”

__

"Gʻiybatdan tiyiling, buning gunohi ogʻirdir!"

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Meʼroj kechasi bir toʻda insonlarni koʻrdim, tirnoqlari bilan yuzlarini timdalar, iflos narsalar yeyishardi. Jabroildan: “Bular kim?” deb soʻradim. “Bular dunyoda insonlarning goʻshtini yeganlar, gʻiybat qilganlardir!” dedi”.

__

"Bidʼat amallardan qayting.
Tavba qiling. Shirk – kechirilmaydigan gunohlardan"


(“Mushkul kushod”, “Bibi seshanba” deb atalgan marosimlar, motam marosimlaridagi bidʼatlar, toʻylarimizga kirib kelgan “eski” va “yangi” urf-odatlar). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Dinda yangi paydo boʻlgan narsadan chetlaninglar, har qanday yangi paydo qilingan narsa bidʼat, har bir bidʼat zalolatdir”.

__

"Hushmuomala boʻling, Chunki biz ayolmiz..."

Alloh taolo: “Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli va maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat), deya marhamat qilgan.

__

"Toʻy va turli marosimlarga hadya uchun qadri yoʻq buyumlar va togʻoralar emas, kitoblar olib boring"

Hazrati Ali roziyallohu anhu Kumaylga: “Ilm moldan yaxshidir, u seni himoya qiladi, molni esa sen qoʻriqlashga majbursan, ilm – hokim, mol mahkumdir, ilmni tarqatganing sayin koʻpayib boradi”, deganlar

__

"Omonatga xiyonat qilmang"

Bir insonning sizga ishonib aytgan sirida, bergan vaʼdangizda, vaqtda, buyumda yoki pulda – har qanday omonatga xiyonat qilmang.
“Va albatta, Alloh xoinlarning ishini oʻnglamas” (Yusuf surasi, 52-oyat).

__

"Farzandlaringizga eʼtiborli boʻling!"

Ular bizga Alloh taolo bergan omonatlardir. Ularning tarbiyasiga koʻproq biz, ayollar masʼulmiz. Parvarish qilingan nihol meva beradi. Ikki dunyo saodatiga erishay desangiz, farzandlaringizning dunyoviy va diniy ilm olishlarini taʼminlang.
Dinimizda ilm talab qilish har bir muslim va muslima uchun farz boʻlgan amallardandir.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga koʻtarur…” (Mujodala surasi, 11-oyat).

__

"Tarbiyaga, odob-axloqqa zid boʻlgan turli koʻrsatuvlarni, seriallarni tomosha qilmang"

Ijtimoiy-siyosiy yangiliklarni kuzatib boring, kitoblar oʻqing va ziyo ulashing.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim ilm talab qilish yoʻliga tushsa, Alloh unga jannatning yoʻlini yengillashtiradi”, dedilar. Ilmga daʼvat qilish uchun bundan ortiq targʻib boʻlmasa kerak.

__

"Tartibli taomlaning, roʻza tuting, parhezlar qiling"

Semizlikdan oʻzingizni asrang. Bu illatdir
Sogʻlom turmush tarziga rioya qiling, vaqtni qadrlang, harakatdan toʻxtamang. Ertangi qiladigan ishlaringizning rejasini bugun, yotishdan oldin qogʻozga tartib bilan yozib boring. Bu narsa ertangiz unumli, foydali oʻtishiga hissa qoʻshadi.

__

"Ozoda, saranjom-sarishta boʻling"

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh pokdir, poklikni yaxshi koʻradir. Ozodadir, ozodalikni yaxshi koʻradir. Karamlidir, karamni yaxshi koʻradir. Saxiydir, saxiylikni yaxshi koʻradir. Bas, hovli-joylaringizni ozoda tuting. Yahudiylarga oʻxshamang”, dedilar.
Oʻzingizni ehtiyot qiling va albatta, seving, ardoqlang.


@bola_tarbiyasi

3649838

Каналов

204424659

Сообщений