Ichimda xavotir Ichimda xavotir qo 39 rquv va
Ichimda xavotir

Ichimda xavotir, qo'rquv va hadik,
Qaydasan, holing ne kechdi, bilmadim.
Yuragim nimtadir, yuragim kemtik,
Ko'zimni shaytonlar ochdi, yig'ladim.

Yig'ladim, ko'zimda qolmadi ko'zyosh,
Hatto kulay desam, kulolmay qoldim.
Vujudimda olov, dilimda otash,
Kim haqdir, kim nohaq, bilolmay qoldim.

Yuragim toraydi, ko'nglim toraydi.
Balki xavotirim o'rinli emas,
Bugun ahvolimni bir qiz so'raydi.
Vale uning mehri ko'rimli emas!

Muallif: Bekzod Sulton
Istayman Istayman Yuragim dard ne bilmasa Mehringdan bir
Istayman

Istayman!
Yuragim dard ne bilmasa,
Mehringdan bir hovuch ziyo istayman!
Istayman!
Istagim malol kelmasa,
Hazrati ishqingda vafo istayman!

Istayman!
Xurjunim baxt bilan to'lsa,
Mudom ko'zlarimda, ko'zlaring kulsa,
Seningdek bir jufti-halolim bo'lsa,
Tangridan bir chimdim safo istayman!

Istayman!
Sevgida jafo ko'rmasam.
Ki, undan ne foyda vafo ko'rmasam.
Jon rishtasin uzib yorga bermasam.
Men oshiq emasman... jazo istayman!

Istayman!
Subhidam, mehringni tuysam.
Murdaman!!! Vaslingga yetolmay kuysam.
Hattoki, o'zimga ishonmay qo'ysam.
O'zimdan-o'zimga shifo istayman!

2021-yil 25-iyul
Kuzatuvchimizning ijodiga baho bering Muallif va Ijro Hazratova
Kuzatuvchimizning ijodiga baho bering!

Muallif va Ijro: Hazratova Oysha
@Bekzod_Sulton_official Телеграм
Azizlar siz bilan bir so'rovnoma o'tkazmoqchimiz.
Siz uchun taxallusmi yoki ism-familiya?
Anonymous Poll
71%
Bekzod Sulton
29%
Bekzod Joniyev
Taqdir ekan armon Taqdir ekan g 39 am
Taqdir ekan armon. Taqdir ekan g'am.
Dardimni ichimga yutib yashayman.
Ko'zlarim manguga yumilganda ham,
Men seni baribir kutib yashayman!

Muallif: Bekzod Sulton - "Kutish" she'ri

Ijro: Shohsanam Qobilova
Men hali yo 39 ldaman Sen manzildasan Ming
Men hali yo'ldaman. Sen manzildasan.
Ming asr yursam ham yetmaydi yo'lim.
Men senga yaqinman. Sen olisdasan.
Ming afsuski, yetib bormaydi qo'lim.

© Bekzod Sulton - "Kutish" she'ridan parcha...
Yuragingda bahor mujassam Nigohingda chaqnaydi yulduz Faqatgina men
Yuragingda bahor mujassam!
Nigohingda chaqnaydi yulduz.
Faqatgina men bo'lsaydim shu:
Yuragingda yagona, yolg'iz!

She'r muallifi: Bekzod Sulton

Ijro: Shohsanam Qobilova
Necha yilki Necha yilki yoqam kir ko 39
Necha yilki

Necha yilki, yoqam kir ko'rmagandi.
Sendan o'zga holim bir so'rmagandi.
O'z ota uyingdan uchib ketishing,
Hattoki, tushimga ham kirmagandi.

Kunlar o'tdi oylar, ortidan yillar.
Ulg'aydi bolalik, ulg'aydi dillar.
Balog'at yoshiga yetibmiz ammo,
Yarmida ikkiga bo'lindi yo'llar.

Shunchaki ketyabsan bag'rimdan uchib,
Yoringni bag'riga ohista ko'chib,
Seni uch-to'rt kungga, yo'qotyapman-ku,
Lekin turolmadim, ko'zyoshim tutib,

Gullarga to'ldirgin borar joyingni,
Shunda farishtalar o'par poyingni,
Kelinlik uyingda baxtli bo'l, ammo,
Unutib qo'ymagin ota uyingni!

Eng so'ngi tilagim ko'zlaring kulsin.
Har bosgan qadaming nurlarga to'lsin.
Hoy singlim! Jon singlim!, Allohim senga,
Bir-biridan shirin farzandlar bersin!

2021-yil 20-avgust

Muallif: Bekzod Sulton
Kechagina Kechagina bir nihol edim Novdalari bir ahvol
Kechagina

Kechagina bir nihol edim.
Novdalari bir ahvol edim.
Tomirimga suv tegib nogoh,
Gulladim! Gulladim! Gulladim!

Unib-o'sib bir daraxt bo'ldim.
Tiriklikdan men karaxt bo'ldim.
Quloch yozib, ko'kka bo'y jo'zib,
Yashnadim! Yashnadim! Yashnadim!

Vaqti kelib to'kildi bargim.
Shoxlar sinib, bukildi qaddim.
Ta'zim aylab, yerga bir qarab,
Egildim! Egildim! Egildim!

Chinor edim, mingchinor edim.
Gard yuqmagan bir nihol edim.
Ayamasdan bolta urdilar,
Chopildim! Chopildim! Chopildim!

2021-yil 20-avgust

Muallif: Bekzod Sulton

2819099

Каналов

109137067

Сообщений