#Matbuot_anjumani
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston Respublikasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligi bayramini keng nishonlashga bagʻishlangan tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tashkiliy-amaliy, axborot-tashviqot, harbiy-vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida maʼlumotlar berildi.
Matbuot anjumanida Sharqiy harbiy okrug Matbuot xizmati boshligʻi podpolkovnik Faxriddin Nutfillayev, okrug Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi masʼul ofitseri mayor Farux Sanayev ishtirok yetib, viloyat, shahar va tuman axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari vakillarining mavzu boʻyicha savollariga javob berdi.
Xususan, anjuman davomida masʼul shaxslar tomonidan Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash maqsadida oʻtkazilayotgan bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish uchun yaratiladigan shart-sharoitlar, Qurolli Kuchlarni isloh etish va rivojlantirish mobaynida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalalarida amalga oshirilgan tashabbuslar, shuningdek, “Vatanparvarlik oyligi”da rejalashtirilgan tadbir va koʻrik-tanlovlar haqida maʼlumotlar berildi.
Oylik davomida oʻquvchi-yoshlarni harbiy kasblarga yoʻnaltirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Mard askar – yoshlarga namuna!” shiori ostida:
• Harbiy qism va muassasalarda ochiq eshiklar kuni;
• “Askar onalarini sharaflaymiz” ;
• “Mening akam – Vatan himoyachisi” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar;
• “Qahramonlar nomi barhayot!” mavzusida davra suhbatlari;
• “Maʼnaviyat karvonlari” tashrifini amalga oshirish;
• Umumtaʼlim maktablarida “Vatanparvarlik darslari”ni oʻtkazish kabi tadbirlar rejalashtirilganligi e'lon qilindi.
Shu bilan birga, turli tanlov va bellashuvlar, jumladan:
oʻquvchi yoshlar oʻrtasida:
“Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insho va sheʼriy asarlar tanlovi;
“Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusida “Yeng yaxshi tasviriy sanʼat asari” tanlovi;
harbiy xizmatchilar, mahalliy aholi va yoshlar oʻrtasida:
Harbiy-maʼmuriy sektor rahbarining sovrini uchun “Amir Temur oʻgʻlonlari”;
“Jaloliddin Manguberdi vorislari”;
“Toʻmaris izdoshlari” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish, shuningdek,
sportning ommaviy turlari boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish;
harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkillashtirish koʻzda tutilganligi ham aytib o'tildi.
FVB Matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
TELEGRAM |FACEBOOK |YOUTUBE