Tabassum inson yuzi uchun ajoyib badantarbiya hisoblanadi. U inson jismi va aqliga foyda beradi, qon bosimining oshishi va yurak xastaliklarini oldini oladi hamda insonda oʻziga boʻlgan ishonchni shakllantiradi.
Har tong uyqudan uygʻonganingizda, har bir qiyinchilik toʻsiqlaridan oʻtayotgan paytingizda doim samimiy tabassum qiling. Sizning tabassumingiz uchun doimo yetarli sabab va asos topiladi😊👑
Bozor rastalarining birida shirin non va manti pishirib sotadigan ayol har kuni mijozlarga yegulik ulashardi. Bir kun yomgʻir shiddat bilan yogʻa boshladi. Yomgʻir jalaga aylandi. Ayol doʻkonni qulflab, magazindan ikkita zontik sotib oldi. Qizi oʻqiydigan sanat markazi eshigi oldiga borgach kiyimlariga qarab, ichkari kirishga ikkilanib qoldi. Shusiz xam yoʻqchilik tufayli qizining tengdoshlari oldida izza boʻlishidan qoʻrqib yurgan ona binoning pastki qavatiga tushib dars tugashini kuta boshladi. Shu payt qizi bilan koʻzi toʻqnashdi. Ona qizini koʻrib mamnun qoʻl silkitdi. Birok qizi uni koʻrmaganga solib devor ortiga berkindi. Bir necha daqiqadan soʻng devor ortidan moʻraladi. Bu esa onasini bu ahvolda kutib turishini istamaganligini anglatardi. Bundan koʻngli ogʻrigan ona boshini quyi solgancha jim qotib qoldi... Bir oydan soʻng ona qizi oʻqiydigan sanʼat markazidan talabalar koʻrgazmasiga taklifnoma oldi. Qizini yana uyatga qoʻyishdan choʻchigan ona ikkilana yoʻlga tushdi... Devorga osib qoʻyilgan suratlarni bir-bir koʻzdan kechirgan ona bir portret oldida toʻxtab qoldi. Uning tagiga “Dunyodagi eng goʻzal ayol” deb yozilgan edi. Yogʻayotgan yomgʻir, zontik koʻtargan, oppoq unga belangan fartuk taqqan, eski tufli kiyib olgan ayol tasvirlangan edi unda... Bu sanʼat asarida qizini kutib turgan onaning holati chizilgan edi. Shu kuni qizi devor orqasiga yashirinish sababi onasining oʻsha holatini yuragiga muhrlab olish boʻlgandi. Rasmni koʻrayotgan ona koʻzlaridan yosh oqa boshladi... Shu payt ona yoniga qizi keldi. Uning koʻzlarida farzandlik mehri balqib turardi...