#7darsMuvaffaqiyat, bu - chuqur g‘oyalardan biri
Javob bera turib, men o‘n uch tamoyilni rasmiylashtirdim. Esingizda bo‘lsin, sizning bu ajib hayotni kuzatish tufayli paydo bo‘lgan javoblaringiz ongingizda g‘oyalar, reja yoki mo‘ljallar tarzida mazkur kitobni o‘qiganda, yuzaga chiqishi mumkin.
Muvaffaqiyat qozonish uchun bitta chuqur g‘oyaning o‘zi kifoya. Bu o‘rinda bayon etilgan tamoyillar, aslida, foydali g‘oyalarning unib chiqishi uchun vositalarning aynan o‘zginasidir.
Uni to‘liq bayon etishdan oldin quyidagi da’volar ustida o‘ylab ko‘rishni tavsiya etaman: “Boy bo‘la boshlaganingiz hamon pullar shunchalik tez va katta miqdorda ohib keladiki, siz haqiqatan ham hayratga tushib: oldin ha.yerda eding, deb yuborasiz...” Kimki uzoq va qunt bilan mehnat qilsa, ana o‘sha kishi boy bo‘lishi mumkin, degan umumiy ishonchni e’tiborga olish alohida maroqli bo‘lib ko‘rinadi.
Va siz o‘ylay boshlaganingiz hamda boyiganingiz sari shuni asta-sekin payqaysizki, bunda ongingiz holati, mo‘ljallaringizning qat’iyligi va juda og‘ir mehnatning katta bo‘lmagan qismi qo‘shilgan ekan. Shunga muvofiq, siz va yana har qanday kishi ham boylikni o‘ziga tortadigan tarzda ongni band etmog‘i, unga “yuk” ortishni o‘rganishi kerak. Men ushbu muammo bilan yigirma yil mashg‘ul bo‘ldim - endi u boy kishilarga qanday muyassar bo‘lishini juda bilgim keladi!
“Ilojim yo‘q” degan so‘z insoniyat mavjud bo‘lganidan buyon mavjud. Bo‘lmasam-chi! U ishlamaydigan barcha qoidalarni biladi!
Nima ish qilish kerak emasligini odam yo‘rgakdan biladi. Ushbu kitob muvaffaqiyatga olib boruvchi qoidalarni axtargan, bunga tayyor turgan kishilar uchun yozildi.
Kimki muvaffaqiyat belgilari va bog‘lanishlari bilan fikr yuritsa, ana shu inson muvaffaqiyatga muyassar bo‘ladi. Kimki mag‘lubiyat belgilari hamda bog‘lanishlari asosida fikrlar ekan, uni hamisha mag‘lubiyat ta’qib etaveradi.
Bu kitob mag‘lubiyatdan muvaffaqiyatga qadar bo‘lgan ongni qayta tashkil etish san’atini o‘rganishni istaganlarga yordam berishga qaratilgan...
Ammo ko‘pchiligimizda bitta zaif jihatimiz bor: biz barcha taassurot va ishonchimizni o‘z qarichimiz bilan o‘lchaymiz. Shu bois ishonamanki, bu kitobni o‘qiydiganlar orasida ham boyishiga ishonmaydiganlar bor. Nima uchun? Chunki ularning tafakkuri nochorlik, kambag‘allik va omadsizliklar sharoitida shakllangan.
Bu baxtsizlar Amerikaga bilim olish uchun kelgan xitoylikni eslatadi. U Chikago universitetiga tashrif buyurdi. Bir kuni kollej prezidenti janob Xarier uni koridorda uchratib qolib, so‘radi: “Sizningcha, amerikaliklarga xos bo‘lgan chiziqlar nimadan iborat?” “Qanday bo‘lardi, ko‘zlaringiz boshqacha, chunki ular qisiq emas-da!” - deb xitob qildi talaba.
Bu xitoylik to‘g‘risida nima ham der edingiz?..
Biz nimani tushunmasak, undan yuz o‘giramiz, uni rad qilamiz. Bizning qarichimiz hamma uchun asosiy o‘lchov, etalon deb ishonamiz. Albatta, bu yigitning ko‘zlari “g‘ilay” emas. Ular biznikiday emas...
https://t.me/treyningmotiv