Bunisiga nima deysiz ! Tojikistonga to’yga borib keldik. Havo sovuq izg’irin shamolda yo’l ezadi.
Qishloqqa kirib borar ekanman gaz yo’q ya’ni gaz o’chmagan umuman gaz yo’q. Gaz olib ham kirilmagan, tubi bilan yo’q. Bunday sharoitda qanday yashashadi deb o’ylanib bordim.
Aksincha qiyin sharoitda odamlar menga qaraganda ko’proq mehnat qilishayotganini guvohi bo’ldim.
Uyda krandan oqib turgan issiq suv qadrini bilmasligimni, gurullab yonib turgan gazni qadriga yetmayotganimni, suv uchun buloqqa borib kelmayotganim qanchalar ne’mat ekanligini yana guvohi bo’ldim.
Ehh men noshkur. Odamlar yo’g’ sharoitda ibodat qilishsa men shuncha sharoit bo’lsa ham millionlagan namozlarim qazo bo’p ketgan!
In Sha Alloh harakat qilaman, maqsadlar katta. Bor narsani qadrlashimiz kerak bu muhim. Biz iymonli boylardan bo’lsak boshqa yaqinlarimizga ham foydamiz tegadi. Ibodatni esa kun tartibimizda 1-ustuvor darajaga chiqarishimiz kerak. O’zimni shuncha chaqiraman!